ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNALI AXBOROT XATI
Jurnalga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha maqolalar qabul qiladi:
Pedagogika, psixolgiya, texnika, san’atshunoslik, arxitektura, falsafa, tarix, filologiya aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarni o‘z ichiga oladi. Ilmiy jamoatchilikni ilm-fan natijalari bilan tanishtirish; ilm-fan rivojlantirishning dolzarb masalalariga tadqiqotlarining ustuvor yo‘nalishlari doirasida olib borilgan ilmiy ishlarning asosiy natijalari to‘g‘risida yosh olimlarning tadqiqotlari va ularning ilmiy ish natijalari to‘g‘risida ma’lumot berish; yangi istiqbolli loyihalar va texnologiyalarni joriy etish; ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq barcha fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy ishlar, fan va ta’limning innovatsion rivojlanishini, fundamental va amaliy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay axborot muhitini yaratish. Shuningdek zamonaviy ta’lim muammo va poradikmalarini o‘rganish, rivojlantirish va amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha nazariy tavsiyalar berishdan iborat. Nashr qilingan materiallar mualliflari O‘zbekiston Respublikasi hamda yaqin va uzoq xorijning yetakchi olimlari, tadqiqotchi izlanuvchilar.
Taqdim etiladigan maqolalarga qoʻyiladigan talablar
- Maqola xalqaro talab darajasidagi imrad shaklida yozilgan boʻlishi lozim;
- Maqola nomi, annotatsiya va kalit soʻzlar, shuningdek maqola matni ingliz tilida boʻlishi lozim;
- Maqolalar ilmiy jurnal yoʻnalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
- Maqola matnlari a4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 2.25 sm, oʻngdan 2.25 sm xoshiyaga ega boʻlishi kerak;
- Maqola matni word matn muharririda, times new roman shrifti, 12 oʻlchamida, 1,15 intervalda boʻlishi va 5-10 bet hajmda boʻlishi, mualliflar soni 4 nafardan oshmasligi lozim;
- Yuborilgan ilmiy maqolalar tahrir hay’ati tomonidan koʻrib chiqiladi; tahrirdan oʻtmagan, originalligi 70 foizdan kam bo’lgan va talablar boʻyicha yuborilmagan maqolalar nashr etilmaydi.
- Maqolalar elektron shaklda elektron manzillari orqali qabul qilinadi.
- Taqdim etilgan maqola qabul qilingandan soʻng, bitta maqola uchun belgilangan miqdordagi toʻlov olinadi.
- maqolalarni qabul qilish muddati: har chorakning oxirgi oyining 25-sanasiga qadar.
- jurnalning rasmiy tili: oʻzbek, rus, ingliz.
- jurnalning nashr etilish sanasi: har chorakning oxirgi oyining 30-sanasida.
- jurnal rasmiy sayti: https://scientificjournal.uz.
- muallifga indekslangan maqola pdf varianti, maqola indekslanganini asoslovchi (qr kod koʻrinishida ham) keltirilgan sertifikat va mualliflik guvohnomasi taqdim etiladi.
- jurnalning toʻplam shakli har chorakning oxirgi oyining 30-sanasida https://scientificjournal.uz. saytiga joylashtiriladi.
- jurnalning nashr qilingan qogʻoz varianti alohida buyurtma asosida maqola mualliflari va tahrir hay’ati a’zolariga pochta orqali tarqatiladi.